TARBIYA JARAYONIDA INSONPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY PEDAGOGIK MODELI
Mualliflar: Xudayberdiyeva Odina Marubjon qizi, Otabayeva Sevaraxon Shaxobbidinovna
Annotatsiya Mazkur maqolada tarbiya jarayonida insonparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik asoslari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim muhitida tarbiyaviy faoliyatning mazmuni va samaradorligini oshirishda insonparvarlik yondashuvining o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan. Inson shaxsining ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy kamolotini ta’minlashda pedagogik jarayonning tashkiliy jihatlari, ta’lim subyektlari o‘rtasidagi hamkorlik va tarbiyaviy muhitning ta’siri alohida ko‘rib chiqiladi. Ilmiy manbalar tahlili, pedagogik kuzatuv va tahliliy yondashuvlar asosida tarbiya jarayonida insonparvarlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-pedagogik modelning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish hamda insonparvarlikka asoslangan pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: tarbiya jarayoni, insonparvarlik, pedagogik model, tashkiliy-pedagogik faoliyat, ma’naviy-axloqiy tarbiya.
