MAKTAB JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA VOLEYBOL ELEMENTLARI ORQALI KOORDINATSION QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH




MAKTAB JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA VOLEYBOL ELEMENTLARI ORQALI KOORDINATSION QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH


Mualliflar: Neʼmatov Mashxurbek Inomjon oʻgʻli

Annotatsiya Mazkur maqolada maktab jismoniy tarbiya darslarida voleybol elementlari yordamida oʻquvchilarning koordinatsion qobiliyatlarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi – jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga voleybol oʻyini elementlarini joriy etish orqali oʻquvchilarning harakatlarni muvofiqlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligini aniqlash. Ushbu maqsadda pedagogik tajriba oʻtkazilib, unda nazorat va tajriba guruhlari shakllantirildi hamda oʻquvchilarning koordinatsiya darajasi maxsus testlar yordamida baholandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, voleybol mashqlarini qoʻllagan tajriba guruhi muvozanat, chaqqonlik va reaksiya tezligi kabi koʻrsatkichlar boʻyicha sezilarli ijobiy oʻzgarishlarni namoyish etdi, nazorat guruhida esa bunday oʻzgarishlar uncha yuqori boʻlmadi. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, voleybol elementlarini jismoniy tarbiya darslarida muntazam qoʻllash oʻquvchilarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali usuli ekanligi tasdiqlandi. Kalit so'zlar: koordinatsion qobiliyatlar, jismoniy tarbiya, voleybol, maktab, muvozanat, chaqqonlik, reaksiya tezligi, harakat koordinatsiyasi, pedagogik tajriba, test sinovlari.