INGLIZ TILINI MAXSUS VA MUAYYAN MAQSADLARDA O‘QITISHDA O‘QISH (READING) KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING QISQACHA RETROSPEKTIV SHARHI
Mualliflar: Dadabayev Zafar Zakirovich
Annotatsiya Dunyoning rivojlangan davlatlarida so‘nggi bir necha yil ichida maxsus yo‘nalishlarga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha qiziqishlar ortib bormoqda. Shu jumladan, ingliz tilini muayyan va maxsus yo‘nalishlarda o‘qitish bizning mamlakatimizda ham anchagina o‘z nufuziga ega bo‘ldi. Endi, ingliz tilini umumiy maqsadlarda ESP (English for general purposes) egallashlari emas, balki boshqa soha vakillari ham o‘zlarining kasblarini kelajakda rivojlantirish maqsadida ESP (English for specific purposes) o‘rganishlari zamon talabi etib qo‘yilmoqda. Mazkur maqolada ingliz tilini maxsus yo‘nalishlarda o‘qitishda nutq faoliyatining bir qismi hisoblangan o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Kalit so'zlar: ingliz tilini maxsus va muayyan maqsadlarda o‘qitish, o‘qish, o‘qish texnikasi, matn, o‘qish materiallari, o‘qish kompetensiyasi.
