YAPON TILIDA OGʻZAKI NUTQNI SHAKLLANTIRISHGA YOʻNALTIRILGAN RAQAMLI TAʼLIM VOSITALARI TASNIFI VA DIDAKTIK SALOHIYATI
Mualliflar: Baqoyev Navro‘zjon Abdullo o‘g‘li
Annotatsiya Mazkur maqolada yapon tilini chet tili sifatida o‘qitishda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish muammolari va ularni hal etishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida yapon tili fonetikasi, xususan, ohang urg‘usi (pitch accent) bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mobil ilovalar, sun’iy intellekt (AI) asosidagi dasturlar va onlayn platformalar tahlil qilingan. Ushbu raqamli vositalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra yangi tasnifi (fonetik vositalar, kommunikativ simulyatorlar, audiovizual platformalar, ijtimoiy tarmoqlar) ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada har bir guruh vositalarining didaktik salohiyati, interaktivlik darajasi va talaba avtonomligini oshirishdagi samaradorligi ochib berilgan. Tahlil natijalari asosida yapon tili o‘qituvchilari va mustaqil o‘rganuvchilar uchun raqamli resurslardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Kalit so'zlar: yapon tili, og‘zaki nutq, raqamli ta’lim vositalari, CALL, MALL, sun’iy intellekt, pitch accent (ohang urg‘usi), didaktik salohiyat, kommunikativ kompetensiya, mustaqil ta’lim.
