MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA “FLIPPED CLASSROM” TEXNOLOGIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Mualliflar: Erkinova Adiba Maxamadumarovna
Annotatsiya . Ushbu maqolada mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda “Flipped Classroom” (teskari sinf) texnologiyasining o‘rni va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yondashuvning mohiyati o‘quv materialini darsdan tashqari (video, raqamli resurslar, matnli kontent) o‘zlashtirish, auditoriya mashg‘ulotlarini esa muammo yechish, amaliy topshiriqlar, jamoaviy muhokama va teskari aloqaga yo‘naltirishdan iborat ekani asoslanadi. Maqolada flipped modelning mustaqil o‘rganish motivatsiyasi, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalari, tanqidiy fikrlash va hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, texnologiyani joriy etish shartlari (kontent dizayni, LMS/platformalar, baholash mezonlari, o‘qituvchi fasilitatorligi) hamda amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi. Kalit so'zlar: flipped classroom, teskari sinf, mustaqil ta’lim, aralash ta’lim, raqamli ta’lim resurslari, LMS, teskari aloqa, formatif baholash, motivatsiya, o‘zini o‘zi boshqarish.
