TARIX DARSLARI ORQALI MAKTAB O‘QUVCHILARIDA GENDER TOLERANTLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar: Muhiddinova Nasiba Odilxon qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda gender tolerantlik madaniyatini shakllantirishning metodik asoslari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida gender tolerantlik tushunchasining pedagogik mohiyati, uning tarixiy ong va ijtimoiy tafakkur bilan uzviy aloqadorligi asoslab beriladi. Tarix darslarida gender munosabatlarining evolyutsiyasi, ayol va erkaklarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, tarixiy shaxslar faoliyatida gender tenglik g‘oyalarining namoyon bo‘lish shakllari o‘quvchilarda ijtimoiy adolat, o‘zaro hurmat va tolerantlik qadriyatlarini rivojlantirishning muhim manbai sifatida talqin etiladi. Kalit so'zlar: Gender tolerantlik, tarix ta’limi, gender madaniyati, ijtimoiy tenglik, tarixiy tafakkur, pedagogik metodika, gender stereotiplari, tarbiyaviy ta’lim, fuqarolik kompetensiyasi.
