GIDRODINAMIKA JARAYONIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR FANINING O’RNI
Mualliflar: Maxsudova Shohsanam Muzaffarxo’jayevna
Annotatsiya Ushbu maqolada gidrodinamika jarayonlarini matematik modellashtirishda differensial tenglamalarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Suyuqlik va gazlarning harakat qonuniyatlari Nyutonning ikkinchi qonuni, massa saqlanishi va energiya saqlanishi tamoyillaridan kelib chiqib, differensial tenglamalar orqali ifodalanadi. Ayniqsa, Navye–Stoks tenglamalari, Eyler tenglamalari, uzluksizlik tenglamasi kabi asosiy model tenglamalar gidrodinamikani tushunishning markazida turadi. Gidrodinamik jarayonlarni tahlil qilishda analitik yechimlar bilan bir qatorda sonli usullar, kompyuter modellari va hisoblash gidrodinamikasi (CFD)ning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, differensial tenglamalar suyuqlik oqimini tasvirlashning universal matematik vositasi bo‘lib, gidrodinamikaning nazariy asoslarini tashkil etadi. Kalit so'zlar: gidrodinamika, Navye–Stoks tenglamasi, uzluksizlik tenglamasi, Eyler tenglamasi, differensial tenglama, suyuqlik oqimi, modellashtirish, CFD.
