HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ORQALI INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA IJTIMOIY FAOLLIK VA MOTIVATSIYANI OSHIRISH MEXANIZMLARI




HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ORQALI INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA IJTIMOIY FAOLLIK VA MOTIVATSIYANI OSHIRISH MEXANIZMLARI


Mualliflar: Xolmirzayev Shavkat Abdulazizovich

Annotatsiya Mazkur maqolada hamkorlik pedagogikasi asosida inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy faollik va o‘quv motivatsiyasini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda hamkorlikka asoslangan ta’lim usullarining o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy moslashuvi va ta’lim jarayonidagi faol ishtirokiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Natijalar hamkorlik pedagogikasining inklyuziv ta’limda ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirish hamda ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari amaliyotda inklyuziv ta’limni takomillashtirishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: hamkorlik pedagogikasi, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy faollik, o‘quv motivatsiyasi, ta’lim jarayoni, o‘quvchi hamkorligi