BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ZARURATI




BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ZARURATI


Mualliflar: O‘rinov Rustambek Yoqubjonovich

Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining intellektual kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik zarurati tahlil qilinadi. Intellektual kompetentlik kasbiy faoliyat samaradorligini belgilaydigan muhim omil sifatida talaba shaxsining aqliy salohiyati, tanqidiy va analitik tafakkuri, kreativ fikrlashi, muammoni hal qilish qobiliyati hamda ilmiy dunyoqarashi bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Xorijiy va milliy ta'lim tizimida talabalar intellektual salohiyatini baholash mezonlari o‘rganilib, ularni milliy oliy ta'lim amaliyotiga joriy etish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, intellektual kompetentlikning shakllanishida bilim, tafakkur, dunyoqarash, ijtimoiy muhit, axloqiy madaniyat, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligining o‘rni ochib beriladi. Kalit so'zlar: intellektual kompetentlik, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari, intellektual madaniyat, analitik tafakkur, tanqidiy fikrlash, kreativ fikrlash, sintez qilish qobiliyati, muammoni hal qilish, ilmiy dunyoqarash.