BO‘LAJAK MUHANDISLARNI LOYIHAVIY-KONSTRUKTORLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI




BO‘LAJAK MUHANDISLARNI LOYIHAVIY-KONSTRUKTORLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART SHAROITLARI


Mualliflar: Hazratkulov Abduvohid Abdurauf oʻgʻli, Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich

Annotatsiya Respublikamizda uzluksiz ta‘lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida texnika oliy ta‘lim muassasalarida talabalarning loyihaviy-konstruktorlik kompetensiyasini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD, CAM, CAE) asosida ishlab chiqilgan modelning samaradorligini oshirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. “Shart” va “pedagogik sharoit” tushunchalari aniqlanib, ularning tasnifi (tashkiliy-pedagogik, metodik va ergonomik) keltirilgan. Pedagogik shart-sharoitlar talabalarda tahlil, sintez va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, kompetensiya yondashuviga asoslangan ta‘lim mazmunini integratsiyalashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: pedagogik shart-sharoitlar, loyihaviy-konstruktorlik kompetensiyasi, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, CAD/CAM/CAE, kompetensiya yondashuvi, texnika oliy ta‘limi, tasnif, ergonomik sharoitlar.