KIMYOVIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQ VA MASHG‘ULOTLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH




KIMYOVIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI TOPSHIRIQ VA MASHG‘ULOTLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH


Mualliflar: Akbarova Muattarxon Tilavoldievna

Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim talabalari uchun kimyoviy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar va mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish, uning mazmuni, metodik asoslari va samaradorligi tahlil qilingan. Taklif etilgan tizim talabalarning analitik, prognostik, modellashtirish va muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishda ijobiy natija bergani empirik tahlillar orqali asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari kimyo ta’limida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda mazkur tizimning yuqori amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: kimyoviy tafakkur, analitik fikrlash, ta’lim metodikasi, amaliy mashg‘ulotlar, topshiriqlar tizimi, modellashtirish.