SUN‘IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING STEAM TA’LIM TIZIMIDA TANQIDIY FIKRLASH VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI




SUN‘IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING STEAM TA’LIM TIZIMIDA TANQIDIY FIKRLASH VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI


Mualliflar: Xamidova Shaxlo Pulat qizi, Xamidova Feruza Pulatovna

Annotatsiya Ushbu maqola sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining STEAM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San’at va Matematika) ta’lim tizimida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sirini tahlil qiladi. XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishda STEAM yondashuvining ahamiyati ortib borayotgan bir paytda, AI’ning ushbu jarayonni qanday kuchaytirishi mumkinligi muhim tadqiqot yo‘nalishini tashkil etadi. Maqolada AI asosidagi shaxsiylashtirilgan o‘quv muhitlari, murakkab muammolarni hal qilish simulyatsiyalari va ijodiy loyihalashtirish vositalari orqali tanqidiy tahlil qilish, innovatsion g‘oyalar yaratish va muammolarga yechim topish ko‘nikmalarining rivojlanishi ko‘rib chiqiladi. Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt (AI), STEAM ta’limi, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, shaxsiylashtirilgan ta’lim, innovatsiya, O‘zbekiston, neyroplastiklik.