CAMBRIDGE XALQARO TA’LIM DASTURINING O’ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIGA INTEGRATSIYASI:AFZALLIK VA MUAMMOLAR TAHLILI
Mualliflar: Xakimova Muxarramoy, Abdunazarov Ahliddin
Annotatsiya Ushbu maqolada Cambridge xalqaro ta'lim dasturi, dastur bosqichlari va yo'nalishlari, Cambridge xalqaro ta’lim dasturini O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston ta’lim muassasalarida xalqaro o’qitish dasturlariga qiziqishning ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi - Cambridge xalqaro dasturining ijobiy jihatlarini ko’rsatish,ya’ni bu tizimni O’zbekiston maktablarida ta’lim jarayoniga tadbiq etilganda yuzaga keladigan afzallik va kamchiliklarni ochib berish. Kalit so'zlar: Cambridge xalqaro ta’lim dasturi, Milliy ta’lim dasturi, integratsiya, Prezident maktablari, Cambridge tizimida qo‘llaniladigan asosiy metodlar, tadqiqot asosida o’qitish, muammoli savol, loyiha asosida o’rganish, induvallashtirilgan o’qitish, fan mazmunini ingliz tili bilan birgalikda o’qitish, shakllantiruvchi baholash, tanqidiy-tahliliy fikrlash.
