SCUTELLARIA INTERMEDIA POPOV O'SIMLIGINING ILDIZIDAN OLINGAN FLAVONOIDLARNI O'RGANISH
Mualliflar: Abdurashid Musaxonovich Karimov, Botirov Erkin Yojiakbarovich
Annotatsiya Ushbu maqola Lamiaceae oilasiga mansub Scutellaria intermedia Popov (ko’kamaron o'rta) ildizlaridan olingan flavonoidlarning fitokimyoviy tadqiqotiga bag'ishlangan. 5,6-dihidroksi-7-metoksiflavon, 5-gidroksi-7-metoksiflavonon (pinostrobin), baikalein-7-O-β-D-etilglyukuronid va wogonin-7-O-β-D-etilglyukuronid flavonoidlari birinchi marta o'simlik ildizlaridan ajratib olindi. Ajratilgan flavonoidlar kimyoviy transformatsiyalar, IQ, UB, 1H YaMR va massa spektrlari, fizik-kimyoviy konstantalarni adabiyot ma'lumotlari bilan taqqoslash va boshqa Scutellaria L. turlaridan ajratib olingan flavonoid namunalari bilan to'g'ridan-to'g'ri solishtirish asosida aniqlandi. Kalit so'zlar: Scutellaria intermedia Popov, Lamiaceae, flavones, flavanones.
