TEXNOLOGIK TA‘LIMDA MUSTAQIL TA‘LIMNI BAJARISHDA SUN‘IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI
Mualliflar: Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna, Karimova Noilaxon Ilxomjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida mustaqil ta’limni takomillashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining roli, afzalliklari va qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. AI tizimlarining — ChatGPT, Gemini, Midjourney kabi vositalarning ta’lim jarayonidagi funksional imkoniyatlari, shuningdek, ularning talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatiga ta’siri ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirishga doir davlat siyosati, global tajriba hamda AI’dan foydalanishning xavf va cheklovlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida mustaqil ta’limni AI asosida rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: texnologik ta’lim, mustaqil ta’lim, sun’iy intellekt, ChatGPT, Gemini, Midjourney, generativ AI, raqamli pedagogika.
