MOLEKULYAR FIZIKA BO‘LIMINI O‘QITISHDA BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar: Muhammadiyev Behro‘z Hafizovich
Annotatsiya Ushbu maqolada molekulyar fizika bo‘limini o‘qitish jarayonida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodika taklif etiladi. Metodik yondashuv raqamli ta’lim muhiti, virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, masofaviy o‘qitish texnologiyalari va pedagogik dizayn asoslari bilan integratsiyalashgan holda ishlab chiqildi. Taklif etilgan metodika bo‘lajak o‘qituvchilarning konseptual tushunchalarni chuqur o‘zlashtirishi, tajriba ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda raqamli vositalardan didaktik maqsadda foydalanish malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: raqamli kompetensiya, molekulyar fizika, virtual laboratoriya, interaktiv simulyatsiya, raqamli ta’lim muhiti.
