TABAQALI YONDASHUVGA ASOSLANGAN GIMNASTIKA MASHQLARINI O‘RGATISH METODIKASI




TABAQALI YONDASHUVGA ASOSLANGAN GIMNASTIKA MASHQLARINI O‘RGATISH METODIKASI


Mualliflar: Aripov Yunus Yusupovich

Annotatsiya Mazkur maqolada gimnastika mashqlarini o‘rgatish jarayonini takomillashtirishda tabaqali (differensial) yondashuvning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Gimnastika mashqlarining yuqori koordinatsion murakkabligi, texnik aniqlik va jarohatlanish xavfi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘qitish tizimini tashkil etishni talab etadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning kuch, egiluvchanlik, koordinatsiya va xavfsizlikni idrok etish darajalariga asoslangan holda mashqlarni bosqichma-bosqich murakkablashtirishga yo‘naltirilgan kompleks metodik model ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: gimnastika mashqlari, tabaqali yondashuv, differensial o‘qitish, harakat malakalari, koordinatsiya, egiluvchanlik, jismoniy tarbiya.