KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILAR UCHUN AUDIOTAKTIL KONSEPSIYA MODELIDAN FOYDALANISHNING INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDAGI IMKONIYATLARI (BIOLOGIYA FANINI O‘QITISH MISOLIDA)
Mualliflar: Toshmirzayeva Gavxarxon Rahimjon qizi, Abdullayeva Gulhayo Isomiddin qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada inklyuziv ta’limda ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun biologiya fanini o‘qitishda taktil sezgi va audio idrokni integratsiyalaydigan audiotaktil konsepsiya modelining ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Biologiyaning ko‘rgazmalilik xususiyatidan kelib chiqib, audio va taktil manbalarni integratsiyalash zarurligi nazariy jihatdan asoslanib, uning o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish va bilish jarayonini faollashtirishdagi afzalliklari ko‘rsatilgan. Shuningdek, modelning amaliy sinovlari Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-sonli “Nurli Maskan” maktab-internatida amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlangan. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, ko‘zi ojiz o‘quvchilar, audiotaktil konsepsiya modeli, taktil sezgi, audio idrok, biologiya ta’limi, assistiv texnologiyalar, maxsus pedagogika.
