BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA KASBIY RIVOJLANISHI TA’MINLASH: XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA
Mualliflar: Jamaldinov Sarvar Azimjanovich
Annotatsiya Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy kompetentligini xalqaro ta’lim standartlari asosida rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Unda raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion metodik muhit yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, pedagogik innovatsiyalarni joriy etish va ijobiy psixologik muhitni shakllantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Kalit so'zlar: kasbiy kompetentlik, xalqaro ta’lim standartlari, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, pedagogik innovatsiya, ilmiy hamkorlik, metodik muhit.
