Al³⁺ VA Ni²⁺ IONLARI BILAN LEGIRLANGAN RUX OKSIDINING TUZILMAVIY VA OPTIK XUSUSIYATLARI
Mualliflar: Rasulova Marxabo Botirjon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada zol gel usuli yordamida sintez qilingan Al³⁺ va Ni²⁺ ionlari bilan legirlangan hamda legirlanmagan ZnO nanokristall yupqa strukturaviy hamda optik xususiyatlariga legirlanish darajasining ta’siri o‘rganildi. X-nurlari diffraksiyasi (XRD) natijalari barcha namunalar vurtzit tipidagi olti burchakli ZnO kristall tuzilmasiga ega ekanligini, legirlash esa cho‘qqilarning intensivligi va kengligiga ta’siri ko‘rsatildi. Optik tadqiqotlar natijasida legirlanmagan ZnO uchun yuqori optik o‘tkazuvchanlik (85–90 %) qayd etildi, metall ionlari bilan legirlash esa o‘tkazuvchanlikning kamayishiga va taqiqlangan soha kengligining torayishiga olib keldi. Olingan natijalar metall ionlari bilan legirlangan ZnO nanomateriallarining optoelektron va sensor qurilmalarda qo‘llash uchun istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: ZnO, Al³⁺ va Ni²⁺ bilan legirlash, zol-gel usuli, nanokristallar, optik o‘tkazuvchanlik, taqiqlangan soha kengligi.
