SHAXS - OILA – MAHALLA - TA’LIM MUASSASASI – DAVLAT - JAMIYAT” TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA AXLOQIY TARBIYANING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI




SHAXS - OILA – MAHALLA - TA’LIM MUASSASASI – DAVLAT - JAMIYAT” TAMOYILI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA AXLOQIY TARBIYANING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI


Mualliflar: Abduraxmonova Yulduzxon Naimjon qizi, Maxmudova Nodira Alisherovna

Annotatsiya Ushbu maqolada “Shaxs – oila – mahalla – ta’lim muassasasi – davlat – jamiyat” tamoyili asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida axloqiy tarbiyani rivojlantirish mexanizmini o‘rganish va takomillashtirish maqsad qilingan. Ushbu tamoyil orqali o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish, ularni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va yosh avlodga axloqiy tarbiya berishda samarali mexanizmlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Maqolada nazariy tahlil (pedagogik adabiyotlar va davlat hujjatlarini o‘rganish), kuzatish (ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy jarayonlarni monitoring qilish), anketa va suhbat (o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan muloqot), shuningdek, tajriba-sinov usullari (taklif etilgan mexanizmlarni amalda sinovdan o‘tkazish) qo‘llanilgan. O‘qituvchilarning axloqiy sifatlari :vatanparvarlik, mas’uliyat, odob-axloq,mehnatsevarlik,o‘z kasbiga sadoqat sezilarli darajada yuksaldi, tarbiyaviy jarayonda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi kuchaydi va o‘quvchilarga axloqiy ta’sir samaradorligi oshdi.Mazkur tamoyil asosidagi mexanizm boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda samarali ekanligi isbotlandi. Uni keng joriy etish orqali yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxslar qilib tarbiyalash mumkin. Kelajakda ushbu mexanizmni raqamli texnologiyalar bilan boyitish tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: Axloqiy tarbiya, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, shaxs – oila – mahalla tamoyili, ta’lim muassasasi, davlat – jamiyat, ma’naviy rivojlanish, tarbiyaviy mexanizm, hamkorlik, barkamol shaxs, o‘z kasbiga sadoqat, vatanparvarlik, mas’uliyat, pedagogik tadqiqot.