F. M. DOSTOYEVSKIYNING “IGROK” ROMANIDA LIRIK CHEKINISHLARNING ROLI
Mualliflar: Абдулвохидов Элёр Абдулхамидович, Ахмедова Асила Баходировна
Annotatsiya Maqolada F. M. Dostoyevskiyning “Igrok” romanidagi lirik chekinishlar tahlil qilinadi. Asarda muallifning falsafiy va psixologik mulohazalari bosh qahramonning ichki fikr-mulohazalari shaklida ifodalanishi ko‘rib chiqiladi. Lirik chekinishlarning qahramon ichki dunyosini ochib berishdagi hamda muallif pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratiladi. Lirik chekinishlar badiiy ifoda vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etib, asarning g‘oyaviy-psixologik mazmunini chuqurlashtirishi ko‘rsatib beriladi. Kalit so'zlar: F. M. Dostoyevskiy, “Igrok” romani, lirik chekinish, psixologizm, pochvennichestvo, muallif pozitsiyasi.
