FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA TALABALAR ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANGANLIK DARAJASINING DIAGNOSTIKASI
Mualliflar: Satvoldiyev Faxriddin Akbarali o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy dunyoqarashini fanlararo integratsiya asosida rivojlantirish va uning shakllanganlik darajasini diagnostika qilishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi falsafiy, psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinib, uning tarkibiy komponentlari, shakllanish bosqichlari va rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqotda fanlararo integratsiyaning ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdagi roli nazariy jihatdan asoslanib, ushbu jarayonning diagnostik instrumentariysi ishlab chiqilgan. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijasida fanlararo yondashuvga asoslangan ta'lim jarayonining talabalar ilmiy dunyoqarashiga ijobiy ta'siri isbotlangan. Maqolada ilmiy dunyoqarash darajasini aniqlashning mezonlari, ko‘rsatkichlari va diagnostik metodikasi taqdim etilgan bo‘lib, olingan natijalar oliy ta'lim amaliyotida qo‘llanilishi mumkin. Kalit so'zlar: ilmiy dunyoqarash, fanlararo integratsiya, diagnostika, kognitiv rivojlanish, metodologik bilim, tizimli fikrlash, ta'lim sifati, kompetentlik, baholash mezonlari, pedagogik texnologiyalar.
