FILOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARINING TANQIDIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY ADABIYOT NAMUNALARINING O‘RNI VA UNDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
Mualliflar: Eraliyeva Dilnoza Oybek qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada filologiya yo‘nalishi talabalarining tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda milliy adabiyot namunalaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari, amaliy yo‘nalishlari va mavjud muammolari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida tanqidiy tafakkur tushunchasi, uning filologik ta'limdagi o‘rni va milliy adabiyot asarlarining ushbu jarayondagi imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida filologiya yo‘nalishi talabalarining tanqidiy tafakkurini shakllantirish jarayonidagi mavjud holatlar, muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalarida milliy adabiyot asarlarini tanqidiy tahlil qilish orqali talabalarning analitik fikrlash, argumentatsiya, baholash va mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi isbotlangan. Shuningdek, pedagogik tajriba-sinov ishlari natijasida milliy adabiyot namunalaridan foydalanishga asoslangan innovatsion metodlar samaradorligi tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari filologiya ta'limi sifatini oshirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tanqidiy tafakkur, milliy adabiyot, filologiya ta'limi, analitik ko‘nikmalar, badiiy matn tahlili, pedagogik texnologiyalar, kognitiv rivojlanish, metodologik yondashuv, ta'lim sifati, kompetentlik.
