AYRIM XUSUSIY HOSILALI DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING ANIQ YECHIMLARINI TADQIQ QILISH




AYRIM XUSUSIY HOSILALI DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING ANIQ YECHIMLARINI TADQIQ QILISH


Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Normatov Muzaffar Shuxrat ogli

Annotatsiya Mazkur maqolada ayrim xususiy hosilali differensial tenglamalarning (XHDT) aniq yechimlarini topish va ularni tahlil qilish masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida birinchi va ikkinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun klassik yechish usullari — ajratish usuli, xarakteristikalar usuli hamda Furye usulidan foydalanildi. Olingan aniq yechimlarning matematik modellashtirishda, fizik jarayonlarni tavsiflashda va muhandislik masalalarini hal etishdagi ahamiyati asoslab berildi. Kalit so'zlar: xususiy hosilali differensial tenglama, aniq yechim, xarakteristikalar usuli, Furye usuli, matematik modellashtirish.