SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI ETIKANI UYG‘UNLASHTIRISH: ALGORITMIK BOSHQARUV VA JAMOAT ISHONCHINI TA’MINLASH MASALALARI




SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI ETIKANI UYG‘UNLASHTIRISH: ALGORITMIK BOSHQARUV VA JAMOAT ISHONCHINI TA’MINLASH MASALALARI


Mualliflar: Samadova Malika Jobir qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning jamiyat hamda iqtisodiyotni raqamli transformatsiya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar axborotni raqamlashtirilgan formatda saqlash va uzatishga asoslanib, boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish imkonini beradi. Sun’iy intellekt esa nutq va vizual aniqlash, analitik qarorlar qabul qilish, murakkab mantiqiy operatsiyalar hamda bashorat qilish kabi inson kognitiv qobiliyatlariga xos vazifalarni avtomatlashtiradi. Maqolada algoritmik boshqaruvni joriy etishda raqamli etika tamoyillarini qo‘llash, shaffoflik va javobgarlikni ta’minlash hamda jamoat ishonchini mustahkamlash masalalari ilmiy jihatdan yoritiladi. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, innovatsion rivojlanish, inson kapitali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (ICT), raqamli etika, kiber xavfsizlik, algoritmik boshqaruv, ilmiy-tadqiqot faoliyati, globallashuv jarayonlari.