MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOGLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLANTIRISH MUAMMOLARI
Mualliflar: O‘rinova Feruza Oʻljayevna, To‘xtaboyeva Maftunaxon G‘aniyevna
Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning ahamiyati va asosiy omillari tahlil qilingan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik yondoshuvlar, amaliyotlar va ta'lim jarayonini takomillashtirish usullarini ko‘rsatib berishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotining samarali ishlashi, tarbiyachilarning kasbiy malakasi va kompetentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Maqolada pedagoglarning kompetentligini shakllantirishda o‘quv dasturlari, malaka oshirish, amaliyot va tajriba almashish, pedagogik nazorat va psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi omillar o‘rganilgan. Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kasbiy malaka, kommunikativ kompetensiya, shaxsiy kompetensiya, kreativ kompetensiya, maxsus kompetentsiya.
