BIOLOGIYA DARSLARIDA HAMKORLIKDA ISHLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Abdullayeva Xidoyat Sidiqjon qizi
Annotatsiya Mazkur maqola biologiya fanini o‘qitishda hamkorlikda ishlash texnologiyalari asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini faollashtirishga qaratilgan.Maqolada Learning Together va Student Team Learning modellari, shuningdek Jigsaw, Think–Pair–Share, Group Investigation va Peer Teaching metodlari qo‘llanilib, o‘quvchilarning jamoada ishlash, muloqot, muammoli vaziyatlarni hal qilish hamda tahliliy fikrlash ko‘nikmalari shakllantiriladi. O‘rmon va suv ekotizimlari misolida oddiy va murakkab oziq zanjirlari o‘rganilib, bir organizm yo‘qolishining ekologik muvozanatga ta’siri muhokama qilinadi. Hamkorlik texnologiyasidan foydalanib, o'quvchining ta'lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish hamda o'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta'minlashning omillari ko'rsatilgan Kalit so'zlar: biologiya, hamkorlikda o‘qitish, oziq zanjiri, ekologik darajalar, interfaol metodlar, guruhiy ish, Together va Student Team Learning modellari, Jigsaw, Think–Pair–Share, Group Investigation ,Peer Teaching metodlar
