VIRTUAL LABORATORIYALAR VA ULARNING TA’LIM TIZMIDAGI AHAMIYATI




VIRTUAL LABORATORIYALAR VA ULARNING TA’LIM TIZMIDAGI AHAMIYATI


Mualliflar: Qilichev Sunnatillo Toxir o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu maqolada virtual laboratoriyalarning ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Virtual laboratoriyalar zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratilgan interaktiv muhit bo‘lib, ular o‘quvchilarga amaliy tajribalarni xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu laboratoriyalar eksperimentlar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish va an’anaviy laboratoriya ishlarini simulyatsiya qilish uchun muhim vosita hisoblangan.Virtual laboratoriyalar ilmiy ta’lim jarayonini yanada innovatsion va samarali qilish bilan birga, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda interaktiv o‘rganish usullarini kengaytirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Virtual laboratoriyalar, Ilmiy ta’lim, Raqamli texnologiyalar, Interaktiv ta’lim, Ta’lim samaradorligi, Raqamli innovatsiyalar, Onlayn ta’lim platformalari.