FIZIKA O‘QITISHDA EHTIMOLIY-STATISTIK G‘OYALARNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
Mualliflar: Nafasova Gulnoza Baxtiyorovna, Irsaliyeva Suroyyo To‘rabek qizi Esanova Madina Sherzod qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda ehtimoliy-statistik g‘oyalarning shakllanishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi didaktik ahamiyati tahlil qilinadi. Klassik mexanikadan statistik fizika va kvant mexanikasigacha bo‘lgan davrda ehtimollik tushunchalarining fizika mazmuniga kirib kelishi yoritiladi. Tadqiqotda nazariy-tahliliy va qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Natijalar ehtimoliy-statistik yondashuv fizika ta’limida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va murakkab hodisalarni anglashda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: ehtimollik, statistik fizika, fizika ta’limi, mantiqiy kompetentlik, didaktika, modellashtirish.
