BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TALABLARINING AHAMIYATI (4-SINF MISOLIDA)
Mualliflar: Nigora Xidirova Boxodirovna
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda, xususan 4-sinf misolida, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish jarayonida PIRLS talablarining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda PIRLS standartlari asosida o‘quvchilarning matnni tushunish, asosiy g‘oyani aniqlash, qahramonlar xarakteri va voqealar rivojini tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish metodlari yoritilgan. Shuningdek, 4-sinf o‘quvchilari uchun interaktiv va vizual o‘quv usullari orqali badiiy asarni tushunish kompetensiyasini oshirish amaliy tavsiyalari berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich sinf, badiiy asar, tahlil qilish kompetensiyasi, PIRLS talablari, 4-sinf, o‘quv metodikasi, matn tushunish, tanqidiy fikrlash, ijodiy qobiliyat.
