OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI O‘ZINI-O‘ZI RIVOJLANTIRISHIDA METAREFLEKSIV TA’LIM MUHITINI YARATISH




OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNI O‘ZINI-O‘ZI RIVOJLANTIRISHIDA METAREFLEKSIV TA’LIM MUHITINI YARATISH


Mualliflar: Ismailova Nilufar Isroildjanovna

Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachilarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish jarayoniga yo‘naltiruvchi metarefleksiv ta’lim muhitini yaratishning nazariy-metodik asoslari yoritiladi. Metarefleksiv yondashuv shaxsning o‘z faoliyati, qarorlari va kasbiy rivojlanish bosqichlarini chuqur tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada talabalarning refleksiv tafakkurini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, raqamli vositalar, reflektiv yozuvlar, portfoliolar va mentorlik mexanizmlarining ahamiyati ochib beriladi. Jumladan, metarefleksiv ta’lim muhitining tarkibiy komponentlari, uning pedagogik jarayondagi funktsiyalari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: metarefleksiya, metarefleksiv yondashuv, metarefleksiv ta’lim muhiti, bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish, refleksiv kompetensiya, mentorlik, individual rivojlanish, reflektiv faoliyat, oliy ta’lim, kasbiy tayyorgarlik