MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IQTISODIY TARBIYA ORQALI TASHABBUSKORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar: Izzatilloyeva Sabina Ilhom qizi
Annotatsiya Bolani maktabgacha yosh davridanoq tarbiyalash, undagi ijobiy sifatlarni shakllantirish, hayotiy bilim va ko’nikmalarnilarni tarkib toptirish uchun ayni muddao hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tarbiya jarayonining tashabbuskorlikni shakllantirishdagi roli, mazmuni va amaliy natijalari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot bolalarga iqtisodiy tushunchalarni hayotiy misollar orqali o‘rgatish, mini-loyihalar, iqtisodiy o‘yinlar va maishiy-mehnat faoliyati orqali mustaqil qaror qabul qilish, fikr bildirish va tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganadi. Maqola psixologik nazariyalar, mahalliy amaliy tajribalar, ekspert baholari va tajriba-sinov ishlari natijalari asosida tayyorlangan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy tarbiyaning bolalarda tashabbuskorlikni shakllantirishga samarali ta’sirini ko‘rsatadi va bolalarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda mehnatga oid ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib beradi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, iqtisodiy tarbiya, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash, mini-loyihalar, iqtisodiy o‘yinlar, maishiy-mehnat faoliyati, bolalar rivoji, pedagogik metodlar, kognitiv rivojlanish.
