O’QUVCHILARGA GLOBAL IQLIM O’ZGARISHI VA EKSTREMAL OB-HAVO HODISALARINI TUSHUNTIRISH
Mualliflar: Abduraxmanov Soxibjan Turdialiyevich, Dehqonboyeva Zaynabxon Baxtiyor qizi
Annotatsiya Maqolada global iqlim o’zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalarini maktab o’quvchilariga tushuntirishning pedagogik usullari tahlil qilingan. Iqlimning o’zgarishi va uning ekologik va ijtimoiy oqibatlari misollar orqali ko’rsatilgan. Maqsad, o’quvchilarda atrof-muhitga bo’lgan mas’uliyatni va ekologik ongni shakllantirish. Ta’lim jarayonida interaktiv usullar, vizual materiallar va amaliyot asosidagi mashg’ulotlar samarali ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, o’quvchilarning muammolarni tahlil qilish va yechim izlash qobiliyatlari rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqola pedagoglar uchun maktabda ekologik muammolar va iqlim mavzularini o’qitishda qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Kalit so'zlar: Global iqlim o‘zgarishi, ekstremal ob-havo hodisalari, pedagogik usullar, o‘quvchilar ta’limi, ekologik ong, interaktiv darslar, vizuallashgan materiallar, mas’uliyat va xabardorlik, muammolarni tahlil qilish, atrof-muhit ta’limi
