GEOGRAFIYA TA’LIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Mualliflar: Абдураҳманов Соҳибжан Турдиалиевич, Boltaboyev Foziljon Olimjon o'gli
Annotatsiya Mazkur maqolada geografiya ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Raqamli xaritalar, GIS dasturlari, virtual sayohatlar, masofaviy zondlash tasvirlari va multimediali resurslarning oэquv jarayoniga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari AKT o’quvchilarda fazoviy tafakkur, tahliliy fikrlash, geografik jarayonlarni anglash va raqamli savodxonlikni rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shishini ko‘rsatdi. Maqolada shuningdek, AKT integratsiyasining afzalliklari, mavjud muammolar va geografiya ta’limini modernizatsiya qilishdagi dolzarbligi muhokama qilingan. Kalit so'zlar: geografiya ta’limi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, GIS, raqamli xaritalar, masofaviy zondlash, fazoviy tafakkur, interaktiv darslar, raqamli savodxonlik, virtual sayohatlar, pedagogik samaradorlik.
