FOROBIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSI VA UNING ZAMONAVIY INSONIYAT TARAQQIYOTIDAGI METODOLOGIK AHAMIYATI




FOROBIYNING ILMIY-FALSAFIY MEROSI VA UNING ZAMONAVIY INSONIYAT TARAQQIYOTIDAGI METODOLOGIK AHAMIYATI


Mualliflar: Hasanov Mirshod Nuʻmonovich

Annotatsiya Ushbu maqolada buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi zamonaviy insoniyat taraqqiyoti kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqotda allomaning antropologik, gnoseologik, mantiqiy-metodologik, axloqiy va siyosiy qarashlari, shuningdek, insonning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga oid nazariy konsepsiyalari chuqur ilmiy asosda yoritiladi. Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan “fozil inson”, “fozil jamiyat” va “fozil shahar” haqidagi ta’limotlar zamonaviy ijtimoiy, ma’naviy va pedagogik jarayonlarning metodologik asosini tashkil etishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada Forobiyning ilm, axloq va jamiyat uyg‘unligiga oid qarashlarining XXI asr global muammolarini hal etish, inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish hamda barqaror taraqqiyot strategiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari Forobiy merosining bugungi falsafiy tafakkur, ilmiy metodologiya va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar uchun dolzarbligini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: Forobiy, ilmiy-falsafiy meros, metodologiya, antropologiya, mantiq, gnoseologiya, fozil jamiyat, ma’naviy taraqqiyot, ta’lim, inson kapitali.