ATROF-MUHIT TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA YONDASHUVLARNI TAHLIL QILISH




ATROF-MUHIT TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA YONDASHUVLARNI TAHLIL QILISH


Mualliflar: Uluxanov Ibrohimov To'xtaxo'jayevich, Abdulnazarov Dilmurod A'zamjon o'g'li

Annotatsiya Maqolada ekologik tafakkurning shakllanishi, uning mazmuni va rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Avvalo, fikrlashning ijtimoiy turlari orasida ekologik tafakkur alohida tur sifatida ajratilib, uning tarixi, shakllanish omillari va mazmuniy xususiyatlari izohlanadi. Shaxsda ekologik tafakkurning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan bilimlar majmuyi, operatsion koʻnikmalar va gumanitar kompetensiyalar keng yoritilgan. Ekotizim tafakkuri ekologik tafakkurning yuqori bosqichi sifatida baholanib, uning mohiyati, tizimli xususiyatlari hamda global va mahalliy ekologik jarayonlarni tushunishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, “ekologik tafakkur”, “ekotizim tafakkuri”, “ekotizim”, “ijtimoiy-ekologik tizim” kabi ilmiy atamalarning xorijiy va mahalliy adabiyotlarda qoʻllanish chastotasi tahlil qilinib, terminologik nomuvofiqliklar mavjudligi aniqlanadi. Kalit so'zlar: ekologik tafakkur, ekotizim tafakkuri, tizimli fikrlash, ekologik ong, ekologik kompetensiya, ekotizim, ijtimoiy-ekologik tizim, barqaror rivojlanish, ekologik model, kognitiv model, ekologik taʼlim.