KREDIT-MODUL TIZIMI (ECTS )NING MAZMUNI, TAMOYILLARI VA PEDAGOGIK MOHIYATI




KREDIT-MODUL TIZIMI (ECTS )NING MAZMUNI, TAMOYILLARI VA PEDAGOGIK MOHIYATI


Mualliflar: Turobova Ziyoda Shuhrat qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’limda keng joriy etilayotgan kredit-modul tizimi, xususan, Yevropa kredit transfer va jamg‘arish tizimi (ECTS – European Credit Transfer and Accumulation System)ning mazmuni, asosiy tamoyillari hamda pedagogik mohiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari — ta’limda shaffoflik, moslashuvchanlik, talaba markazliligi, o‘quv natijalariga yo‘naltirilganlik, akademik mobillik va kreditlarning tan olinishi kabi jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu tamoyillar talabaning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, mustaqil ta’lim ulushini oshirish hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan pedagogik munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada kredit-modul tizimining pedagogik mohiyati bilim berishdan ko‘ra kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilganligi, ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan. Kalit so'zlar: kredit-modul tizimi, ECTS, akademik kredit, modul, ta’lim natijalari, kompetensiya, talaba markazli ta’lim, akademik mobillik.