TEXNOLOGIK MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHILARNING VITAGEN KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH (9-SINF MISOLIDA)
Mualliflar: Dehqonboyeva Saidaxon Yaxyohon qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada texnologik mashg‘ulotlarda 9-sinf o‘quvchilarining vitagen kompetensiyalarini shakllantirishning mazmuni, ahamiyati va samarali metodlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayangan holda bilimlarni amaliy faoliyatga yo‘naltirish, o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha ilmiy xulosalar berildi. Kalit so'zlar: vitagen kompetensiya, texnologik ta’lim, amaliy mashg‘ulot, loyiha metodi, refleksiya, ijodkorlik, kompetensiyaviy yondashuv.
