BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLARNI INTERIORIZATSIYA QILISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI VA METODIK TIZIMI




BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MILLIY QADRIYATLARNI INTERIORIZATSIYA QILISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI VA METODIK TIZIMI


Mualliflar: Sattarova Nargiza Mirzoumar qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada milliy qadriyatlar tushunchasining falsafiy-aksiologik mazmuni, uning pedagogik mohiyati hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishining (interiorizatsiya) psixologik-pedagogik determinantlari tahli qilinadi. Maqolaning maqsadi – milliy qadriyatlarning pedagogik tizimini ishlab chiqish hamda ularni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda samarali o‘zlashtirish uchun metodik yondashuvlarni asoslashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-pedagogik tahli, kategoriyalash va tasniflash, psixologik interpretatsiya kabi nazariy tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, milliy qadriyatlar ijtimoiy-fuqarolik, axloqiy-ma’naviy va madaniy-tarixiy klasterlarga ajratilishi munkin. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarning tafakkurining konkret-obrazliligi, kuchli emotsionalligi va taqlidga moyilligi ularga muvofiqlashtirilgan metodik yondashuvlarni (faoliyatga yo‘naltirilganlik, spiral ta’lim, fanlararo integratsiya) talab qiladi. Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlarni interiorizatsiya qilish – bu tizimli, aksiosentrik yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks pedagogik jarayon hisoblanadi. Kalit so'zlar: milliy qadriyatlar, interiorizatsiya, boshlang‘ich ta‘lim, pedagogik aksiologiya, aksiosentrik yondashuv, etnopedagogika, psixologik determinantlar.