YENGIL ATLETIKACHILAR UCHUN KOORDINATSIYA VA MOSLASHUVCHANLIK MASHQLARINING RIVOJLANTIRUVCHI TA’SIRI
Mualliflar: Mamatova Sevara Nurillo qizi
Annotatsiya Ushbu maqola yengil atletikachilarda koordinatsiya va moslashuvchanlikni rivojlantirishning metodik jihatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Koordinatsiya va moslashuvchanlik jismoniy tayyorgarlikning muhim komponentlari bo‘lib, ularning kompleks mashqlar orqali shakllantirilishi sportchilarning texnik harakat aniqligi, tezkorlik va jarohatlardan saqlanish darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy metodik yondashuvlar, mashq turlari va ularning samaradorligi tahlil qilindi, shuningdek, mashg‘ulotlarning yoshga moslashtirilgan xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Kalit so'zlar: Yengil atletika, koordinatsiya, moslashuvchanlik, jismoniy tayyorgarlik, mashqlar metodikasi, sport natijalari.
