O‘ZBEKISTON RIVOJLANISHIDA MUHANDISLIKNING AHAMIYATI VA MAKTAB FIZIKASINING, XUSUSAN MEXANIKA BO‘LIMINING O‘RNI




O‘ZBEKISTON RIVOJLANISHIDA MUHANDISLIKNING AHAMIYATI VA MAKTAB FIZIKASINING, XUSUSAN MEXANIKA BO‘LIMINING O‘RNI


Mualliflar: Saydaliyev Sardor Bahtiyor o‘g‘li, Raxmanov Valijon Turdaliyevich

Annotatsiya : Ushbu maqolada O‘zbekistonning iqtisodiy va texnologik rivojlanishida muhandislik sohasi tutgan o‘rni, shuningdek, maktab fizikasining, ayniqsa mexanika bo‘limining muhandis kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati tahlil etiladi. Muhandislikning zamonaviy texnologiyalar, sanoat, energetika, transport va axborot texnologiyalari bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Mamlakatda raqamli iqtisodiyot, infratuzilma, energetika va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish jarayonlarida muhandislik yechimlarining ahamiyati keng yoritilgan. Maqolada mexanika bo‘limining kelajak muhandislar uchun texnik tafakkurni shakllantirishdagi roli, mantiqiy tahlil, modellashtirish, konstruktorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, virtual laboratoriyalarning mexanikani o‘qitishdagi imkoniyatlari, ularni takomillashtirish yo‘llari va ta’lim jarayoniga integratsiyasi bo‘yicha takliflar berilgan. Hozirgi kunda texnik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan davlat qarorlari va strategik dasturlar mazkur sohaning dolzarbligini yanada oshirayotganligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari mexanika ta’limining innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishi muhandis kadrlar tayyorlash samaradorligini sezilarli ravishda oshirishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: muhandislik, mexanika, fizika ta’limi, virtual laboratoriyalar, texnik tafakkur, innovatsion ta’lim, STEM-ta’lim, raqamli iqtisodiyot, texnik kadrlar, energiya samaradorligi, infratuzilma, modernizatsiya, laboratoriya tajribalari, simulyatsiya, muhandislik ta’limi, texnoparklar, robototexnika, mexatronika, ta’lim texnologiyalari.