O‘QUVCHILARGA MAKTAB GEOMETRIYA KURSINI O‘RGATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANISH




O‘QUVCHILARGA MAKTAB GEOMETRIYA KURSINI O‘RGATISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANISH


Mualliflar: Negmatulloyev Zafarjon Turdibekovich, Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Berdikulov Azizbek Erkin ogli

Annotatsiya Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida geometriya kursini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim resurslari, interaktiv grafik dasturlar, geometriya simulyatorlari, virtual laboratoriyalar va dinamika geometriya muhitlarining (GeoGebra, Desmos, Cabri) o‘quvchi fazoviy tasavvurini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Raqamli texnologiyalar orqali o‘qitishning afzalliklari, o‘quv jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari, o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy didaktik yondashuvlarga tayangan holda geometriya ta’limini raqamlashtirishning samaradorlik ko‘rsatkichlari baholanadi. Kalit so'zlar: geometriya ta’limi, raqamli texnologiyalar, fazoviy tasavvur, GeoGebra, dinamika geometriyasi, interaktiv ta’lim, STEM, vizualizatsiya, raqamli pedagogika.