INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING MUHANDIS-KONSTRUKTORLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning muhandis–konstruktorlik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirishning didaktik asoslari yoritilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida muhandislik ta’limini modernizatsiya qilish, loyiha asosida o‘qitish, interfaol metodlar, CAD/CAM/CAE texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarda texnik tafakkur, ijodkorlik va kasbiy mas’uliyatni shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston ta’lim tizimida innovatsion-didaktik yondashuvning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so'zlar: innovatsion yondashuv, muhandis–konstruktorlik kompetentligi, didaktik asoslar, raqamli ta’lim muhiti, loyiha asosida o‘qitish, CAD/CAM/CAE, texnik tafakkur, kreativlik.
