PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA IJTIMOIY PERSEPSIYA SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar: Mirzayev Sardor Amrillayevich
Annotatsiya ushbu ilmiy maqolada jahonda ta’lim jarayonining asosiy tashkilotchilari sifatida o‘qituvchilar psixologik va pedagogik tayyorgarligini oshirish va ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish muammolariga doir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘qituvchilar ijtimoiy faolligini oshirish, ijtimoiy kompetensiyalarini tarkib toptirish hamda ijtimoiy muhitda shaxslararo samarali munosabatlarni tashkil etishga innovatsion, integrativ, aksiologik va akmeologik yondashuvlarni amalga oshirish muammolariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamizda pedagogik ta’lim jarayonini takomillashtirish raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’lim mazmunini yangi bosqichga ko‘tarish hamda ta’lim jarayonlarini samaradorligini oshirishda pedagoglar kasbiy tayyorgarligini yangi bosqichga ko‘tarishning muhim omili ekanligini inobatga olgan holda ushbu muammoga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Muammoning fundamental tavsifiga to‘xtalgan holda Prezidentimiz “Yana bir muammoni hal etish o‘ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur” deb alohida ta’kidlab o‘tganlar. Kalit so'zlar: pedagogika, persepsiya, kompetentlik, sifat, ijtimoiy, ta’lim, metodika
