GEOMETRIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA INVERSIYАNING YАSАSHGА DOIR MАSАLАLАR YECHISHDАGI TАTBIQLАRI.
Mualliflar: Dushaboyev Olimjon Nazarovich, Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Aknazarova Rozaxon Karriboy qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada geometriya fanini o‘qitish jarayonida inversiya (aylantirish) tushunchasining o‘rni, uning yasashga doir masalalarni yechishda tatbiqi va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Inversiya geometriyada muhim o‘rin tutuvchi geometrik o‘zgarishlardan biri sifatida qaraladi va u yordamida murakkab geometrik masalalarni soddalashtirish, yasashlarni optimallashtirish hamda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada inversiyaning analitik va geometrik talqinlari, shuningdek, raqamli ta’lim muhitida (GeoGebra, Desmos va boshqa dasturlar orqali) uni vizuallashtirish metodlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari inversiyani o‘qitish jarayoniga kiritish o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: inversiya, geometriya, yasash masalalari, fazoviy tafakkur, metodika, o‘qitish texnologiyasi, GeoGebra, vizuallashtirish, o‘quv jarayoni.
