ADABIYOT DARSLARIDA DRAMATIK ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH SHART- SHAROITLARI




ADABIYOT DARSLARIDA DRAMATIK ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH SHART- SHAROITLARI


Mualliflar: Tillayeva Rayxona Tuxtasinovna

Annotatsiya Ushbu maqolada adabiyot darslarida dramatik asarlar matni ustida ishlash jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va bu jarayonni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik hamda metodik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Maqolada interaktiv yondashuvlar dramatik asarning sahnaviy xususiyatlarini ochib berishda, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yondashuv va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, rolga kirish, dramatizatsiya, aqliy hujum, bahs-munozara, “fishbone”, “insert” kabi metodlarning o‘quvchilar faolligini oshirishdagi ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning dramatik asarni chuqurroq idrok etishiga, badiiy tafakkurini rivojlantirishiga, estetik didini va sahnaviy tafakkurini shakllantirishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqola zamonaviy adabiyot ta’limida interaktiv metodlar asosida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, pedagogik jarayonda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishning dolzarbligini asoslaydi. Kalit so'zlar: Adabiyot darsi, dramatik asar, interaktiv metod, ta’lim jarayoni, sahna tafakkuri, ijodiy fikrlash, pedagogik shart-sharoit, tahlil, dramatizatsiya, rolga kirish, aqliy hujum, bahs-munozara, estetik idrok, badiiy tafakkur, kommunikativ kompetensiya.