SHARQDA IJTIMOIY NAZORAT TIZIMINING SHAKLLANISHI




SHARQDA IJTIMOIY NAZORAT TIZIMINING SHAKLLANISHI


Mualliflar: Umarov Murodjon Mamatkarim o‘g‘li, Muhammadjonova Durdonaxon Bahodirjon qizi

Annotatsiya Ushbu maqola Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy nazorat haqidagi konsepsiyalarini tarixiy-falsafiy jihatdan tahlil qilib, ularning zamonaviy fuqarolik jamiyati institutlariga qanday qo‘llanilishi mumkinligini o‘rganadi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al-G‘azzoliy, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy asarlaridagi axloqiy, huquqiy va madaniy-ma’rifiy nazorat g‘oyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadimiy Sharq nazariyalari bugungi jamoatchilik nazorati mexanizmlarini boyitishi, fuqarolik jamiyatining institutlarini mustahkamlashi va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Maqolada nazariy xulosalar bilan birga mahalliy va milliy tadbirlar orqali axloqiy-ma’naviy jihatlarni saqlash, huquqiy institutlarni faollashtirish va jamoatchilik monitoringi mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi. Kalit so'zlar: ijtimoiy nazorat, sharq mutafakkirlari, fuqarolik jamiyati, axloq, huquq.