OʻZBEK FOLKLOR SAN’ATINING, YOSHLAR MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI OʻRNI




OʻZBEK FOLKLOR SAN’ATINING, YOSHLAR MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI OʻRNI


Mualliflar: Abduraimov Sherzod Zokir o‘g‘li

Annotatsiya ushbu ilmiy maqolada Oʻzbek folklor san’atining yoshlar madaniyatini rivojlantirishdagi oʻrni va ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida folklorning yoshlar ma’naviy dunyosini shakllantirish, milliy qadriyatlarni singdirish va zamonaviy sharoitda madaniy merosni saqlab qolishdagi imkoniyatlari ilmiy asosda oʻrganilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy soha, yoshlar siyosati va madaniyatni rivojlantirishga oid qarorlari hamda normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq folklor san’atini rivojlantirishning metodik asoslari yoritilgan. Empirik tadqiqotlar natijasida folklor elementlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamlashtirish va interfaol usullar bilan uygʻunlashtirish orqali yoshlar madaniyatini rivojlantirish samaradorligi aniqlandi. Xususan, fakultativ darslar, loyihaviy ishlar va multimedia vositalari yordamida yoshlarning folklorga boʻlgan qiziqishi 42% ga oshirilishi, milliy madaniyat bilim darajasi 46% ga yaxshilanishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari asosida folklor san’atini yoshlar madaniyatiga integratsiyalashning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: folklore, yoshlar, madaniyat, ma’naviyat, pedagogika, integratsiya, an’ana, innovatsiya, raqamlashtirish, metodika.