NOGIRONLIGI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ADAPTIV MUSIQA O‘QITISH METODIKALARINING ZAMONAVIY MODEL VA TEXNOLOGIYALARI




NOGIRONLIGI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ADAPTIV MUSIQA O‘QITISH METODIKALARINING ZAMONAVIY MODEL VA TEXNOLOGIYALARI


Mualliflar: O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li

Annotatsiya ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun adaptiv musiqa o‘qitish metodikalarining zamonaviy model va texnologiyalari pedagogik va metodik jihatlari bilan yoritilgan. Tadqiqotda multimodal yondashuv, interaktiv mashg‘ulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) musiqiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, individualizatsiyalashgan adaptiv metodikalarning o‘quvchilarning ritmik, intonatsion va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishdagi roli, ularning ijtimoiy va emotsional moslashuviga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik jarayonni optimallashtirish, maxsus tayyorlangan metodik resurslar va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: adaptivlik, multimodal, interaktivlik, kompetensiya, ijodkorlik, musiqashunoslik, inklyuziya, pedagogika